Amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grande Manchesterda konsert berayotgan chog‘ida portlash yuz bergan joyiga qaytib muxlislar bilan uchrashishga va halok bo‘lganlar xotirasiga xayriya konserti berishga qaror qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
“Men nihoyatda jasur shahar bo‘lmish Manchesterga qaytib, o‘z muxlislarim bilan ko‘rishish va terakt oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga hamda ularning oilasiga moddiy yordam bo‘lishi uchun xayriya konserti beraman”, — deb yozdi qo‘shiqchi o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.
Qo‘shiqchi qolgan tafsilotlarni va konsert qachon bo‘lishini keyinroq, “barchasi tasdiqlangach” xabar qilishga va’da berdi.
22-may kuni Manchester Arena kompleksida Ariana Grande konsert berayotgan paytda terakt sodir bo‘lgan edi. Portlashni xudkush Salmon Obidiy amalga oshirgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 22 kishi, jumladan, 12 nafar yosh bola halok bo‘lgan. Terakt bo‘yicha mas’uliyatni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z bo‘yniga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)