AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya tahdidi muammosini hal etishni va’da qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Bu katta muammo. Bu dunyo miqyosidagi muammo va u qaysidir bosqichda o‘z yechimini topadi. U hal bo‘ladi, bunga ishonchingiz komil bo‘lsin”, — dedi Tramp Sitsiliyada jurnalistlar savoliga javoban.
“Biz sammitda turli masalar, jumladan, ko‘pchiligimizning diqqat markazimizda turgan Shimoliy Koreyani ham muhokama qilamiz. Asosan terrorizm xavfi muhokama qilinadi, biroq Shimoliy Koreya muammosiga ham alohida e’tibor qaratiladi”, — deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Ma’lumot uchun, 26-may, juma kuni Sitsiliyaning Taormina shahrida G7 sammiti o‘z ishini boshladi.
Izoh (0)