Click mobil va internet-banking tizimi yakka tadbirkorlar plastik kartalaridan xizmatlar va tovarlarga pul to‘lash imkoniyatini ishga tushirdi, deb yozadi “Gazeta.uz” Click kompaniyasiga tayanib.
Bunday imkoniyatning joriy etilishi aprelda Markaziy bank “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizomga tegishli o‘zgartishlar kiritgach, kutilayotgan edi.
Ilgari tadbirkorlar plastik kartalaridan faqat ishlab chiqarish ehtiyojlari yo‘lida foydalanishi mumkin edi. Shu bilan birga, mobil va internet-to‘lovlar tizimlari orqali bunday to‘lovlarni amalga oshirib bo‘lmagan.
Izoh (0)