“O‘zbekiston” telekanalidagi “Axborot” va “Tahlilnoma”, “Toshkent” telekanalidagi “Poytaxt” hamda “Yoshlar” telekanalidagi “Davr” axborot ko‘rsatuvlari yopiladi, deya xabar bermoqda UZ24 Milliy teleradiokompaniyaga tayanib.
Barcha yangiliklar dasturlari “Diyor” kanali va “Toshkent” radiokanali bazasida ochiladigan “O‘zbekiston 24” kecha-yu kunduz axborot telekanali orqali translyatsiya qilinadi. Yangi telekanal ochiladigan aniq sana hozircha noma’lum.
“Axborot”, “Poytaxt” va “Davr” “O‘zbekiston 24” telekanali ishga tushgunicha efirga chiqishda davom etadi.
MTRK tizimida “O‘zbekiston 24” kanalining ochilishi to‘g‘risidagi qarorni Prezident Shavkat Mirziyoyev may boshida imzolagan edi. Telekanal mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va sport sohalarida yuz berayotgan hodisalarni tezkorlik bilan yoritadi. Shuningdek, chet ellarda kanalning o‘z muxbirlik punktlari bo‘ladi.
Izoh (0)