24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida muntazam o‘tkazilib kelinayothan ikki tomonlama vazirliklararo maslahatlashuvlar doirasida Avstraliya Tashqi ishlar va savdo vazirligi Janubiy va G‘arbiy Osiyo departamenti boshlarmasi direktori Jeyms Xoll boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashqi siyosat idoralari vakillari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga urg‘u bergan holda O‘zbekiston—Avstraliya kun tartibining keng doiradagi masalalarini muhokama qildi.
Delegatsiyalar munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish masalalari, jumladan tomonlar ko‘rib chiqayotgan “Investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi” va “Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi” hukumatlararo shartnomalar loyihalari yuzasidan ham fikr almashdi.
Uchrashuvda Avstraliya elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Piter Martin Tesh ishtirok etdi.
Izoh (0)