Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublikadagi maktablar binolarida bitiruv kechalarini o‘tkazishni taqiqlashni yoqlab chiqdi, bunga ota-onalarning tantanalarni tashkil qilishga majburiy pul yig‘imlari yuzasidan shikoyatlari sabab bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda u respublika ta’lim va fan vaziri Ismoil Boyxonov bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“O‘tgan yillarda menga ota-onalar bitiruv kechasi uchun turli pul yig‘imlari haqida shikoyatlar bilan ko‘p murojaat qilgan edi. Bitiruv kechalari doim bo‘lgan va bo‘lib qoladi. Faqat bitta o‘zgarish bilan — ular maktab binolaridan tashqarida o‘tkaziladi”, — dedi respublika rahbari.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, endi buni ixtiyoriy asosda ota-onalar qo‘mitasi yoki bitiruvchilar hal qiladi. Uning aniqlik kiritishicha, farzandlari tantanalarda qatnashishni istagan ota-onalar bitiruv kechalarini mahalliy kafe yoki restoranlarda tashkillashtirishi mumkin.
Izoh (0)