• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ukraina yirik rus saytlarini va xizmatlarini bloklashga qaror qildi

    16-mayda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning Rossiyaning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni kuchaytirish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi. Sanksiya ro‘yxatida qariyb 500 ta tashkilot bo‘lib, ular qatoridan Ukrainada ommabop bo‘lgan “VKontakte”, Mail.ru, “Odnoklassniki”, 1C va boshqa xizmatlar ham o‘rin olgan. Poroshenko o‘zining yopiladigan “VKontakte”dagi sahifasida bu choralar Rossiya tashviqotlariga va kibertahdidiga qarshi qaratilganini tushuntirdi. Meduza nima uchun yangi sanksiyalar mavhum qaror ekanligini tushuntirishga harakat qildi.

    “VKontakte”ning Kiyevdagi shtabi. Foto: Meduza

    “VKontakte”ning Kiyevdagi shtabi. Foto: Meduza

    Internetni bloklash — avtoritar davlatlarning yo‘li

    Bir vaqtning o‘zida bunchalik ko‘p eng ommabop saytlarni bloklash Turkiyani hisobga olmaganda Yevropa davlatlari uchun bemisl hodisa hisoblanadi. Freedom House tuzadigan internet erkinligi darajasi bo‘yicha reytingda Ukraina qisman erkin hisoblanadi. Rossiya bu ro‘yxatga erkin bo‘lmagan davlat sifatida kirgan. Pyotr Poroshenkoning qarori davlatning bu ko‘rsatkich bo‘yicha pozitsiyasini anchagina pasaytirishi mumkin. Shunisi aniqki, rus tashviqoti o‘ylab topilgan narsa emas. Shunisi ham aniqki, ma’lumot olishni cheklash muammoni hal qilishning eng yaxshi yechimi emas.

    Bundan tashqari, yirik internet resurslarning Ukraina sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilishi jiddiy omma muhokamasiga qo‘yilmadi.

    Bloklash millionlab foydalanuvchilariga zarba bo‘ladi  

    Pyotr Poroshenkoning farmoni, avvalo, ukrainalik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga zarba bo‘ladi. Alexa ma’lumotlariga ko‘ra, “VKontakte” sayti ommabopligi bo‘yicha Ukrainada ikkinchi o‘rinda turadi, “Yandex.ua”, “Odnoklassniki” va “Mail.ru” birinchi o‘ntalikka kiradi. “Mail.ru”ning hisob-kitobiga ko‘ra, uning xizmatlaridan bir oyda Ukrainaning qariyb 25 million aholisi foydalanadi. Bu mamlakat aholisining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Ukraina auditoriyasi “VKontakte”da 16 million, “Yandeks” xizmatlarida 11 million, “Odnoklassniki”da esa 9,5 million kishini tashkil qiladi. Endi bu odamlarga o‘zaro muloqot qilish qiyinroq bo‘ladi: ularning ma’lumotni erkin izlash va tarqatish huquqi Poroshenkoning farmoni bilan cheklandi.

    Ko‘plab foydali xizmatlarning ishi to‘xtaydi

    Kartografiya va ob-havo xizmatlari, taksi xizmati ham bloklanadi. Lug‘atlar va matnni aniqlash dasturlarini yaratuvchi ABBYY kompaniyasining faoliyati to‘xtatiladi. Kompaniyaning texnologiyalari yirik IT-kompaniyalar tomonidan foydalaniladi. Bu xizmatlarning faoliyati Ukraina xavfsizligiga qay tariqa xavf solgani aniq emas. Biroq shunisi aniqki, foydalanvchilarga bu xizmatlarsiz qiyin bo‘ladi.

    Rasmiylar mustaqil “RBK” telekanalini blokladi

    Bu eng so‘nggi mustaqil rus telekanallaridan biri hisoblanadi. Boshqa mustaqil telekanal “Dojd” Ukrainada 2017-yilning boshida taqiqlangan.

    Yuz minglab Ukraina tashkilotlariga buxgalteriya hisobini yuritish uchun boshqa usul izlashiga to‘g‘ri keladi

    Poroshenkoning farmoni dasturlari Ukrainadagi 300 mingta tashkilotining buxgalteriyasi tomonidan foydalaniladigan 1C kompaniyasining faoliyatini taqiqlaydi. 1C mahsulotlarini Ukrainada tarqatish bilan shug‘ullanuvchi “Yevrosoftprom” kompaniyasining ma’lum qilishicha, sanksiyalar kompaniya bilan bog‘liq ba’zi yuridik shaxslarga qaratilgan, foydalanuvchilar bundan keyin ham mahsulotlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Boshqa tomondan, alohida sherik kompaniyalar qatoridan dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchi Rossiyaning 1C firmasi ham joy olgan. Shuning uchun qanday qilib ukrainalik foydalanuvchilar o‘z dasturlarini yangilashi mumkinligi tushunarsiz.

    Ko‘plab ukrainaliklar o‘z ishini yo‘qotadi

    Yirik rus internet kompaniyalarining bloklanishi nafaqat bu kompaniayalarning Ukrainadagi xodimlarini, balki boshqa odamlarni ham ishdan mahrum qiladi. Masalan, taqiq o‘z mahsulotlarini “VKontakte”dagi va boshqa resurslardagi reklama yordamida tarqatayotgan fuqarolarning biznesiga zarba berishi mumkin. 1C dasturlariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan dasturchilarning nima qilishi noma’lum.

    Taqiqlar qanday ishlashi tushunarsiz

    Ukraina internet uyushmasida ma’lum qilinishicha, Poroshenkoning farmonini bajarish uchun provayderlarga ko‘p mablag‘ va vaqt kerak bo‘ladi. Buning ustiga, Ukraina qonunchiligida bloklash haqidagi qarorni tan olmaslik uchun sanksiyalar nazarda tutilmagan. Agar resurslarga kirishni cheklashga muvaffaq bo‘linganda ham bu katta ahamiyatga ega bo‘lmaydi, chunki foydalanuvchilar blokni osonlik bilan ocha oladi. Farmon e’lon qilinganidan so‘ng Ukraina internetida blokni ochish bo‘yicha qo‘llanmalar paydo bo‘lishni boshladi.

    21.05.2017, 09:25   Izoh (0)   4482
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Melaniya va Ivanka Tramp Ar-Riyodda boshiga ro‘mol o‘ramadi

    21.05.2017, 09:19

    Tayms-skverda kishilarni urib ketgan haydovchi ularni o‘ldirish istagida bo‘lganini tan oldi

    21.05.2017, 09:08

    Los-Anjeles aeroportida yo‘lovchi samolyoti yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

    21.05.2017, 08:29

    Ayol kishi mudofaa vaziri bo‘lishi mumkinmi? Ha, juda ham mumkin

    21.05.2017, 00:55

    Kim Chen In: Shimoliy Koreya Osiyoning to‘laqonli yadro va yetakchi raketa davlatiga aylandi

    20.05.2017, 19:32

    Julian Assanjning onasi Avstraliya bosh vazirini o‘g‘liga yordam ko‘rsatishga chaqirdi

    20.05.2017, 18:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18

    Buyuk Britaniya G‘azoga gumanitar yordam yuboradi

    Dunyo | 27 iyul, 14:40

    “An-Nassr” Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyul, 14:00

    Oliy ta’limni bitirganlar nega og‘ir ahvolda qolmoqda? O‘zi diplom kerakmi?

    O‘zbekiston | 27 iyul, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.