Shimoliy Koreya Osiyoning yetakchi raketa davlatiga aylandi. Bu haqda KXDR yetakchisi Kim Chen In “Xvason-12” ballistik raketasi yaratuvchilari bilan fotosessiyadan so‘ng ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“KXDR to‘laqonli yadro va Osiyodagi yetakchi raketa davlatiga aylandi. O‘z kuchiga tayangan holda yanada qudratli qurol-aslahalar yaratish va ishlab chiqarish mamlakatimizni yengilmas sotsialistik davlat sifatidagi mavqeyini mustahkamlaydi”, — deya ta’kidladi Kim Chen In.
“Xvason-12” ballistik raketasi yaratuvchilari Pxenyanga mamlakat rahbariyati taklifiga binoan yetib keldi. “Mansude” syezdlar saroyida Shimoliy Koreya raketa sohasi yetakchi mutaxassislarini mukofotlash marosimi o‘tkazilishi kutilmoqda.
Izoh (0)