Venesuelada muxolifat va hukumat kuchlarining navbatdagi qarama-qarshiligi yangi qurbonlarga sabab bo‘ldi. Tachira shtatidagi ko‘cha namoyishlari vaqtida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil Tarek Vilyam Saab Twitter’dagi sahifasida 17 yoshli o‘smirning o‘limi tufayli hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazish talabi yuzasidan mahalliy ma’muriyat vakillari bilan bog‘langanligini ma’lum qildi.
Hududning yana bir fuqarosi halok bo‘lganligi haqida Milliy assambleyaning muxolifatchi deputati Xuan Rekesens ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi. “Tachiradagi yana bir qotillik tasdiqlandi. 33 yoshli Diyego Ernandes politsiyachining o‘q uzishi oqibatida halok bo‘ldi”, — deya ta’kidladi u.
Muxolifat tarafdorlari 15-may, dushanba kuni asosiy avtomagistrallar harakatini to‘sib qo‘ydi.
Izoh (0)