Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pekindagi matbuot anjumanida 2018-yilgi saylovlarda ishtirok etish-etmasligi haqidagi savolga javob berib o‘tirmadi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Yarim yil avval hamkasblarimning kelgusi prezident saylovlarida qatnashish-qatnashmasligingiz haqidagi savoliga javob berayotib, bu savolga javob vaqt talab qilishini aytgan edingiz. Shu vaqt o‘tib bo‘lmadimi?” — deb berilgan savolga Putin qisqa qilib: “Yo‘q”, — deb javob berdi.
Nashr eslatishicha, 2016-yil sentabrida Putin Bloomberg agentligiga bergan intervyusida 2018-yilgi prezident saylovlaridagi ishtiroki haqida gapirishga hali erta ekanligini aytgan edi. 2016-yil 14-aprelda aholi bilan “to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot” chog‘ida ham prezident shunga o‘xshash javob bilan vaziyatdan chiqqan edi.
Izoh (0)