Polsha tashqi ishlar vaziri Vitold Vashchikovskiy Yevropa ittifoqiga kiruvchi mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddati uzaytirilishini yoqlab chiqqanini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda u Yevroittifoq mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisidan so‘ng ma’lum qildi.
“Minsk kelishuvlari bajarilmayapti, shu tufayli ushbu masala bo‘yicha nutq so‘zlaganlarning ko‘pchiligi sanksiyalar qo‘llashni davom ettirishni qat’iyan yoqlab chiqdi”, — dedi Vashchikovskiy.
Shu bilan birga, u: “Bu yerda munozara qilinadigan hech narsa yo‘q”, — deb qo‘shib qo‘ydi.
Izoh (0)