Fransiyaning Lion shahridagi diniy san’at muzeyidan salkam 1,8 ming qimmatbaho tosh bilan bezatilgan XIX asrga mansub toj o‘g‘irlandi. Bu haqda muzey rahbariyati ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”
O‘g‘rilar muzeyga 13-may, shanbaga o‘tar kechasi kirib, uning asosiy yodgorliklaridan biri va yana ikki eksponatni olib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
Toj 1899-yilda tayorlangan va Lionning o‘sha paytdagi badavlat oilalari taqdim etgan qimmatbaho tosh hamda marvaridlar bilan bezatilgandi. Uning qiymati bir million dollardan oshiq bo‘lgan.
Muzey vakillariga ko‘ra, o‘tgan yili tojdagi har bir tosh katalogga kiritilgan va bu qidiruvlarni yengillashtirishi mumkin.
Izoh (0)