Dunyodagi eng semiz ayol deb hisoblanadigan misrlik Imon Abdul Atiy davolanish uchun Abu-Dabiga keltirildi, deb yozadi UAE Inside.
Bungacha 36 yoshli misrlik Hindistonning Mumbay shahrida vaznni kamaytirish bo‘yicha operatsiyani boshidan o‘tkazgan edi. U yerga safar qilish uchun ayol so‘nggi 25 yil ichida birinchi marta o‘z uyidan tashqariga chiqdi. Imonni qamaldan chiqarib olish uchun hamrohlik qiluvchi brigadaga hatto avtokran ham kerak bo‘ldi. Uni shu yilning fevral oyida maxsus modifikatsiyadagi Airbus samolyotida tashib keltirishdi.
Operatsiyagacha 500 kilogramm tosh bosgan ayol Abu-Dabidagi VPS Burjeel klinikasida reabilitatsiya kursidan o‘tadi. Ko‘plab tibbiy protseduralardan so‘ng Imonning vazni 175 kilogrammdan biroz oshadi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u Mumbaydan Abu-Dabiga eson-omon yetib kelgan va o‘zini baxtli his qilmoqda. Abu-Dabi shifokorlari o‘z oldiga misrlik ayolning vaznini me’yordagi ko‘rsatkichga yetkazish yoki shunga yaqinlashtirishni maqsad qilib qo‘ydi.
Izoh (0)