Isroilda rossiyalik sayyoh halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Hamyurtimiz halok bo‘lganini tasdiqlaymiz. Mazkur holat yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda”, — ta’kidladi Rossiyaning Isroildagi elchixonasi xodimi.
Isroil matbuotiga ko‘ra, rossiyalik 67 yoshli sayyoh O‘lik dengizda cho‘milish chog‘ida cho‘kib ketgan.
Qutqaruvchilar uni sohilga olib chiqib, o‘ziga keltirishga harakat qildi. Biroq chaqiriq bo‘yicha yetib kelgan shifokor sayyoh olamdan o‘tganini qayd etdi.
Izoh (0)