Iordaniyadagi 80 mingga yaqin kishi istiqomat qiladigan suriyalik qochoqlar lagerida minalashtirilgan avtomobil portladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jarohat oldi.
Hodisa Suriya va Iordaniya chegarasi yaqinida joylashgan lager bozorida ro‘y berdi.
Izoh (0)