Venesuelada Ansoategi shtatidagi politexnika universiteti talabalar harakati yetakchisi o‘ldirildi. Bu haqda mamlakat prokuraturasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Voqea 4-may, payshanba kuni shtatning Simon Rodriges munitsipiyasida joylashgan o‘quv yurtida ro‘y berdi. O‘ldirilgan Xuan Bautista Lopes universitet qoshidagi markazlar federatsiyasi prezidenti edi”, — deyiladi prokuratura xabarida.
U talabalar yig‘ilishida ishtirok etayotganda noma’lum shaxs yaqinlashgan va bir necha bor o‘q uzgan. Shundan so‘ng jinoyatchi mototsiklda yashirindi. Yana uch kishi jarohat oldi.