Janubiy Koreyada ro‘yxatlarda qayd etilgan saylovchilarning deyarli 5 dan bir qismi mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovi uchun muddatidan avval ovoz berishda ishtirok etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Milliy saylov komissiyasiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 12:00 holatiga 6,56 million kishi yoki ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 16,8 foizi ovoz berishga ulgurdi. Bu o‘tgan yilgi parlament saylovlariga nisbatan birmuncha ko‘p: o‘shanda muddatidan oldin ovoz berishdagi ko‘rsatkich 12,2 foizni tashkil etgandi.
Muddatidan avvalgi ovoz berish mamlakatdagi 3,5 ming saylov uchastkasida bo‘lib o‘tmoqda va 18:00 da yakunlanadi. Unda u yoki bu sabablarga ko‘ra 9-mayda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qatnasha olmaydigan barcha saylovchilar ishtirok etishi mumkin.
Ovoz berilgan barcha byulletenlar muhrlangan seyflarda saqlanadi va saylovlar yakunlanganidan keyingina ochiladi.
Izoh (0)