• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Gadjetlar

    Samsung Galaxy S8: ixcham korpusga jam bo‘lgan hashamat va funksionallik

    29-mart kuni rasman taqdim etilgan Samsung Galaxy S8 smartfoni, nihoyat, “Daryo” muxbirlari qo‘liga kelib tushdi. Smartfon va uning “akasi” S8 Plus haqida rasmiy taqdimotga qadar deyarli barcha ma’lumotlar tarqalib ulgurgan bo‘lsa-da, biz smartfon bilan yaqindan tanishib chiqqach, u haqida xolisona fikrlarimiz bilan bo‘lishishga qaror qildik.

    Foto: “Pcadvisor.co.uk”

    Foto: “Pcadvisor.co.uk”

    Uzunchoq va silliq korpus

    Telefon old panelining deyarli butun yuzasini qoplagan 5,8 dyuymli uzunchoq ekran smartfonda e’tiborimizni tortgan birinchi narsa bo‘ldi. Ustiga-ustak, ekranning ikki yoni ham pastga qayrilib tushgan. Noodatiy tarzda katta ekrandan foydalanish ham biroz noodatiy va noqulayroq — bunda ikkita qo‘lni ham ishga solmasdan iloj yo‘q, ammo smartfonning dabdabali va hashamatli ko‘rinishi evaziga bu “kamchilik”ka ko‘z yumish mumkin.

    Shuningdek, ekranning har qanday tugmalardan xoli ekanligi, old panel qirralarida esa hech qanday rom yoki hoshiyalarning yo‘qligi smartfonni shunchalik silliq holatga keltirganki, barmoqlardan ekranda sezilarli izlar qoladi, smartfonning qo‘ldan sirg‘alib tushib ketishi esa juda oson (biz bir necha marta bunday vaziyatga tushdik). Bunday vaziyatdan ixcham g‘ilof bilan chiqib ketish mumkin, bizningcha.

    Always On Display

    O‘tgan yilgi Samsung Galaxy S7 va S7 Edge smartfonlarini tutib ko‘rmaganlar uchun Galaxy S8’dagi Always On Display funksiyasi yangilik bo‘ladi. Shu tufayli bu funksiyaga to‘xtalib o‘tishga qaror qildik. Uning qulayligi shundaki, ekran o‘chiq paytda qora fonda soat, sana, batareya miqdori va bildirishnomalar aks etib turadi. Uni sozlamalardagi “Blokirovka ekrani va himoya” bo‘limi orqali o‘zingizga moslashtirishingiz, shu jumladan, ekranda nimalar aks etishini tanlashingiz, Always On Display qanday vaqtlar oralig‘ida yonishini belgilashingiz mumkin, shuningdek, ushbu funksiyani butunlay o‘chirib qo‘yish ham mumkin.

    gs8-always-on-display-steps.@750

    Ushbu faol funksiya smartfon quvvatini “yeyish”ga katta hissa qo‘shishini hisobga olib, biz funksiyani o‘chirib qo‘yishni afzal ko‘rdik.

    Qorong‘ilikda ham sifatli suratlar

    Samsung Galaxy S8’ning 12 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamerasi bilan ajoyib sifatli suratlarni olish mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Rasmiy tavsifida keltirilganidek, smartfon qorong‘ilikda ham detallarni qochirmasdan, aniq-ravshan suratga tushiradi, shuningdek, Dual Pixel texnologiyasi tezkor avtofokusni ta’minlaydi, natijada eng keskin harakatlarni ham kadrga muhrlash mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ammo selfi olish vaqtida telefonning silliq va uzun korpusi yana noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Internet kengliklarini izlashtirib, smartfondagi pulsometr yordamida selfi olish imkoniyatining borligidan xabar topdik.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ma’lum bo‘lishicha, bu funksiya yangi emas — u birinchi bo‘lib Galaxy Note 4’da qo‘llanilgan. Pulsometr yordamida selfi olish uchun, dastlab bu funksiyani kamera sozlamalariga kirib yoqish kerak bo‘ladi (menyudagi “Suratga olish usullari” bandiga kiring va “Puls datchigiga tegish”ni yoqing).

    phonearenacom

    Endi selfi olish vaqtida ikkala qo‘lni ham band qilish o‘rniga, telefonni tutib turgan qo‘l barmog‘ini orqa panelda kamera yonida joylashgan puls datchigiga tekkizish va suratga tushirish mumkin.

    Eng qimmatbaho zamonaviy smartfon

    Samsung Galaxy S8 va S8 Plus smartfonlari savdosi 21-aprel kuni boshlandi. Sotilayotgan bozordan kelib chiqib, Samsung smartfonining narxi kichik model uchun 720 dollar yoki 800 yevroni, katta model uchun esa 840 dollar yoki 900 yevroni tashkil qiladi. GSM Arena nashri tashkil qilgan so‘rovda ishtirokchilarning 72 foizi gadjetning narxini haddan tashqari baland deb topgan bo‘lsa-da, tahlillar smartfonning tannarxi ham shunga yarasha baland ekanligini ko‘rsatdi: Samsung Galaxy S8 tannarx nuqtai nazaridan eng qimmatbaho zamonaviy smartfon deb e’tirof etildi. Uni ishlab chiqarish kompaniyaga 307,5 dollarga tushadi. Bu Apple o‘z iPhone 7 smartfoniga sarflaydigan mablag‘ (224,8 dollar)dan 35 foizga ko‘p demakdir. Shu bilan birga, Samsung bitta Galaxy S8’ni sotishdan taxminan 88,2 dollar daromad oladi.

    Samsung Galaxy S8 O‘zbekistonda ham sotuvga chiqdi. “Mobinfo.uz” nashri yozishicha, Toshkentdagi “Malika” savdo markazida smartfon hozircha rekord darajadagi narxda — 6,5 million so‘mga sotilmoqda. Taqqoslash uchun, ayni paytda o‘tgan yilgi flagman — Galaxy S7 Edge’ning narxi 4,6 million so‘mni tashkil qiladi. Galaxy S6 Edge esa 3,3 million so‘mga sotilmoqda.

    Samsung Galaxy S8 haqidagi ba’zi foydali ma’lumotlar

    Ekran pikselini o‘zgartirish mumkin

    Matritsaning o‘zi 1440×2960 pikselli, ammo menyu orqali uni 2220×1080 va hatto 1480×720 pikselli qilish mumkin — dasturlar elementlari, grafika va boshqalar aynan shunday aks etadi. Bu quvvatni tejash uchun kerak bo‘ladi.

    Snapdragon’mi Exynos?

    Energiya jihatidan samarali Qualcomm Snapdragon 835 Galaxy S8’ning Amerika uchun moslashtirilgan versiyasida bo‘ladi, bizgacha yetib keladiganlari Exynos 8895 chipida ishlaydi.

    Barmoq izi skaneri orqa panelda

    Orqa paneldagi barmoq izi skaneri Samsung telefonlaridan foydalanib kelganlar uchun g‘alati tuyuladi. Ustiga-ustak, skaner korpus o‘rtasida emas, kamera yonida joylashgan.

    Bixby ovozli yordamchi

    Ovozli yordamchiga katta e’tibor qaratildi va hatto chap yondan alohida tugma ham ajratildi. U tabiiy tilni tushunadi va zarur bo‘lganida topshiriqlarni bo‘lib-bo‘lib bajaradi, qaysidir narsalarni aniqlashtirish uchun qayta so‘raydi. Ammo Bixby hozircha o‘zbek tiliga moslashtirilmagan.

    Xulosa o‘rnida

    Ekspertlar yangi Samsung Galaxy S8 nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki ichki xususiyatlari va funksiyalari bilan avvalgi modellardan farqlana olgan hamda shularning barchasini ixchamgina korpusiga jamlay olgan smartfon deb baholamoqda.

    Galaxy S8’ni sotib olish borasida ikkilanayotganlarga aytishimiz mumkin bo‘lgan yagona narsa shuki, tannarx jihatidan eng qimmatbaho smartfonni sotib olishga sizni yo nafosatga, yo funksionallikka bo‘lgan moyilligingiz unday olishi mumkin, shu ikki jihatni baravar qidirganlar ham ularni aynan ushbu qurilmadan topadi.

    02.05.2017, 19:06   Izoh (0)   18536
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Samsung Galaxy S8 6,5 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

    02.05.2017, 10:20

    Samsung va Apple xitoylik raqobatchilarga imkoniyatni boy bermoqda

    28.04.2017, 18:12

    “Malika” savdo markazida sotilayotgan iPhone’lar narxlari e’lon qilindi

    28.04.2017, 16:32

    Toshkentdagi “Malika” savdo markazida sotilayotgan Samsung smartfonlarining narxlari e’lon qilindi

    27.04.2017, 14:14

    Kun grafigi: Tannarx bo‘yicha eng qimmatbaho smartfon — Samsung Galaxy S8

    26.04.2017, 11:18

    OAV: Apple kompaniyasi iPhone ko‘rinishini to‘liq yangilamoqchi

    19.04.2017, 08:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi tushdi

    O‘zbekiston | 20 may, 09:16

    RPL. “SSKA” Moskva derbisida durang o‘ynadi. Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi (video)

    Sport | 20 may, 09:09

    Uchta davlat Isroilga sanksiya qo‘llash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 may, 08:57

    Tomoshabinlar fikriga ko‘ra turk seriallaridagi eng omadsiz juftliklar (foto)

    Layfstayl | 20 may, 08:43

    Toshkentdan Germaniyaga uchayotgan fuqaro 135 mln so‘mlik tilla piyolani yashirmoqchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 20 may, 08:34

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 20 may, 00:04

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.