Apple kompaniyasi yangi iPhone’ning tashqi ko‘rinishini keng ko‘lamda yangilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Apple ikkita yangilangan modelni va bitta flagman modelni to‘la qayta ishlangan dizaynda chiqarishga tayyorlanmoqda. Apple’ning yangi flagmani yangi turdagi ekran va egilgan shishaga ega bo‘ladi. Shuningdek, devaysning ikkala kamerasi ham sezilarli darajada yaxshilanadi.
Yangi smartfonning displeyi old panelning deyarli butun yuzasini egallashi taxmin etilmoqda. Shu tariqa, ekran hajmi iPhone 7 Plus’nikiga, devaysning kattaligi esa iPhone 7’ga yaqin bo‘ladi.
Bundan tashqari, kompaniya “Uyga” tugmasini Samsung Galaxy S8’dagi kabi ekran ostiga kiritmoqchi.
Ammo manbalar ta’kidlashicha, Apple hozircha yangi smartfon dizayni borasida aniq fikrga kelmagan va bu masala muhokama qilinmoqda.
Izoh (0)