AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan hamjihatlikka erishish mumkin deb hisoblashini aytdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Men Rossiya bilan birgalikda harakat qilaman. Bu shuningdek, Xitoy ham bo‘lishi mumkin, boshqa ko‘plab guruhlar ham bo‘lishi mumkin”, — dedi u CBS telekompaniyasiga bergan intervyusida aynan qaysi sohalar haqida gap borayotganiga aniqlik kiritmasdan.
Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasining Rossiya bilan bog‘liqligi haqidagi mojaroni yana bir marta uydirma deb atadi. “Agar siz xakerni jinoyat ustida qo‘lga tushirolmagan bo‘lsangiz, kim hujum uyushtirganini aytish juda qiyin”, — dedi prezident.
Izoh (0)