NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansning Afg‘onistondagi “Qat’iyatli qo‘llab-quvvatlash” (Resolute Support) missiyasi kengaytirilishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Shuningdek, alyansning ayrim a’zolari missiyaning harakat vakolatini hozirgidek yilda bir marotaba emas, bir necha yilda bir uzaytirishni taklif etmoqda.
Bu masalalar bo‘yicha yakuniy qaror iyun oyida qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun, Resolute Support missiyasi 2015-yil avvalida faoliyatini boshladi. Uning tarkibidagi 13 ming harbiy afg‘on xavfsizlik kuchlarini tayyorlash va maslahat berish bilan shug‘ullanadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)