Aviatashuvlar haqida ma’lumot taqdim etadigan OAG kompaniyasi versiyasiga ko‘ra, Fransiya shimolidagi Bove aeroporti kechiktirilgan reyslari soni eng kam bo‘lgan havo bandargohidir.
Ushbu aeroport 2016-yilda reyslarning 96 foizini kechikishlarsiz qabul qilgan va jo‘natgan. Ikkinchi o‘rinda Yaponiyaning Sikoku orolidagi Tokusima aeroporti 91,6 foiz ko‘rsatkich bilan joylashdi.
Yuqori uchlikka Yaponiyaning yana bir aviabandargohi — Koti yakun yasadi. Bu yerda kechikishlarsiz amalga oshirilgan reyslar soni 91,5 foizni tashkil etdi.
Top o‘ntalikda keyingi o‘rinlarni Nyukasl (Buyuk Britaniya), Dortmund (Germaniya), Birmingem (Britaniya), Xilo (Gavayi), Minsk milliy aeroporti, Kardiff (Uels) va Juanda nomidagi xalqaro aeroport (Indoneziya) egalladi.
Izoh (0)