AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR bilan harbiy nizo yuzaga kelishi mumkin, deb hisoblaydi, ammo diplomatik yo‘l bilan harakat qilishni afzal ko‘radi. Bu haqda u Reuters agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Biz Shimoliy Koreya bilan yirik, yirik nizogacha yetib borishimiz ehtimoli mavjud. Shubhasiz”, — dedi Tramp.
U masalani diplomatiya doirasida hal etishga tayyorligini qo‘shib qo‘ydi, biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, “bu juda qiyin”.
Izoh (0)