Oq uy “Rossiyaning BMTdagi yanada kuchliroq izolyatsiyasi”ni Donald Tramp o‘z faoliyatining ilk 100 kunida erishgan yutuqlardan biri deb atadi. Bu haqda Amerika prezidenti ma’muriyati matbuot xizmati bayonot berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Ilk 100 kun davomida prezident Tramp Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan muvaffaqiyatli diplomatiya yo‘li orqali Suriya va Rossiyani BMTda yanada yakkalab qo‘ydi”, — deyiladi Oq uy xabarida.
Bundan tashqari, Trampning xizmatlari sifatida “Shimoliy Koreyaning izolyatsiyasi ustidagi ishlar”, shuningdek, Suriya va Eronga qarshi yangi sanksiyalarning kiritilishi tilga olinadi.
Izoh (0)