Donald Tramp Xalqaro koinot stansiyasi (XKS) ekipajining amerikalik a’zolari bilan videoaloqada bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
AQSh prezidenti astronavtlar bilan muloqot chog‘ida Marsga parvoz mavzusini muhokama qildi va hazilomuz tarzda amerikaliklar Tramp prezidentligining birinchi muddati yakunlanguncha u yerga odamlar tushgan kemani jo‘natishga urinib ko‘rishini ma’lum qildi.
Tramp hazilini davom ettirdi va NASA uchun “vazifani yengillashtirgani”, Marsga inson parvozini ikkinchi prezidentlik muddati oxirigacha ham amalga oshirishga ruxsat berishini bildirdi.
“Biz buni prezidentlik muddatim yakunlanguncha amalga oshirishga urinib ko‘ramiz. Juda bo‘lmaganda ikkinchi muddat oxirigacha. Biz bu masalada jadallashishimiz kerak”, — deya ta’kidladi Tramp.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)