Rossiyaning Blagoveshensk shahar sudi chegaradan million rubl qiymatiga teng sof oltinni olib o‘tishga uringan Xitoy fuqarosini 70 ming rubl jarimaga tortdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Ekspertizaning aniqlashicha, tuguncha ichidan tabiiy oltin chiqqan. Avval sudlanmagan Xitoy fuqarosi Mu Lichun 2016-yil oktabrida noma’lum shaxsdan oltinni Rossiyadan Xitoyga olib o‘tish uchun olgan.
“Mu Lichun tugunchada bo‘lgan tabiiy oltinni bojxona nazoratidan yashirish maqsadida sigaretning bo‘sh qutisi ichiga joylab, uni kiyimining ustki cho‘ntagiga solib qo‘ygan”, — deydi sud.
Mu Lichun o‘z aybini tan olgan va jinoyatning ochilishida faol yordam ko‘rsatgan. Sud Xitoy fuqarosining voyaga yetmagan farzandi borligini inobatga olib 70 ming rubl miqdorda jarimaga tortdi. Oltin esa davlat hisobiga o‘tkazib yuborildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)