Xitoy rasmiylari Ichki Mo‘g‘uliston avtonom tumani va Gansu provinsiyasi hududida o‘ta shafqatsiz qotilliklarni sodir etgan 53 yoshli Gao Chenyun ismli erkakni qatl etdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Xabar berilishicha, manyak faqat qizil ko‘ylakli yosh ayollarni o‘ldirgan. Qotil zo‘rlash, qotillik, talonchilik va murdani tahqirlash jinoyatlarida aybdor deb topilgan. Hammasi bo‘lib, u 11 ayolni o‘ldirgan.
U, o‘z odatiga ko‘ra, ayollarni uyigacha izidan kuzatib borgan va o‘sha yerda jinoyatni amalga oshirgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)