O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning vitual qabulxonasiga murojaatlarning eng katta qismi — 156 932 tasi Toshkent shahridan kelib tushgan. Bu haqda Facebook’dagi Xalq bilan muloqot guruhiga joylangan statistik ma’lumotda aytiladi.
Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar soni 24-aprel holatiga ko‘ra hududlar kesimida keltirilgan. Toshkent shahridan keyingi o‘rinlarda Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon, Surxondaryo, Samarqand va boshqa viloyatlar joylashgan. Eng kam murojaat esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelib tushgan. Respublika aholisi virtual qabulxonaga 17 432 ta murojaat yuborgan.
Izoh (0)