• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturini tasdiqladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni “2018—2022-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror iste’molchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berish sifatini oshirish va uzluksizligini ta’minlash, issiqlik ta’minoti tizimini zamonaviy tejamkor va kam energiya sarflaydigan texnologiyalarni joriy etish asosida yangilash va modernizatsiya qilish, yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishga doir chora-tadbirlarni izchil amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Qarorning rasmiy sharhida qayd etilishicha, O‘zbekistondagi markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimi 1950—1970-yillarda ochiq suv taqsimoti hamda bino va inshootlarning isitish tizimlarini issiqlik tarmoqlariga ulash sxemasi asosida tashkil qilingan.

    Montaj qilishda kam mablag‘ sarflanadigan, ammo foydalanishda katta miqdorda mablag‘ talab qiladigan bunday markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlarining o‘ziga xosligi ichki isitish tizimi va issiqlik tarmoqlari quvurlarining xizmat qilish muddati qisqaligi, issiqlikni ishlab chiqarish, transportirovka va iste’mol qilishda ekspluatatsiya xarajatlarining yuqoriligi, tarmoqlar orqali suv uzatish va issiqlik quvvati ta’minotida belgilangan me’yordan ortiq mablag‘ sarflanishi bilan ifodalanadi.

    Bugungi kunda qozonxona uskunalari va tarmoqlarning o‘ta eskirgani sababli, mavjud issiqlik ta’minoti tizimida issiqlik manbalaridan maqbul darajada foydlanishning imkoni bo‘lmayapti, bu esa issiqlik ta’minoti korxonalari faoliyatiga, iste’molchilarni issiqlik xizmati va issiq suv bilan ta’minlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Markazlashtirilgan issiqlik ta’minotidan uzilgan ayrim ko‘p xonadonli uylar ko‘pincha sertifikatga ega bo‘lmagan va yong‘in xavfsizligi kafolatlanmagan gaz va elektr uskunalari bilan isitilmoqda.

    Mazkur qaror bilan O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi:

    • issiqlik ta’minoti tizimiga energiya va resurs tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda joriy etish;
    • ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarning markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimini energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta’minot tizimini o‘rnatish orqali rivojlantirish;
    • jismoniy va ma’naviy eskirgan, tejamkor bo‘lmagan qozonxona agregatlarini, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, almashtirish;
    • energiya resurslari iste’moli va ishlab chiqarilishini me’yor bo‘yicha hisoblashni amalda qo‘llash, iste’molchilarni hamda issiqlik ta’minoti xizmatlarini hisoblash va to‘lovlarni amalga oshirishga avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy qilish.
    Qarorda 2018—2022 yillarda markaziy qozonxona, issiqlik tarmoqlari, mahalliy qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan, jumladan, gelioqurilmalarni qo‘llash orqali mahalliy qozonxonalar qurish, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta’minoti tizimini o‘rnatish parametrlari, shuningdek, issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari tasdiqlandi.

    Ushbu qarorda dasturning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mas’ul etib, shuningdek, issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish (ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash va iste’mol qilish)ning barcha bosqichlari inobatga olingan holda loyihalarni amalga oshirishga kompleks yondashuvni ko‘zda tutuvchi Issiqlik ta’minoti tizimini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish belgilandi.

    Qayd etilgan loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Davlat byudjeti, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, pudrat tashkilotlari mablag‘lari va O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1,7 trillion so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

    Qarorda mahalliy qozonxonalar va xonadonlar ichidagi yakka tartibdagi issiqlik ta’minoti tizimining energiya samaradorligi bo‘yicha shaharsozlik me’yor va qoidalarini ishlab chiqish, bino va inshootlar loyihasida ularga quyosh kollektorlari o‘rnatishni nazarda tutish, shuningdek, quyosh kollektorlarini tayyorlash, sinovdan o‘tkazish va qo‘llashga doir davlat standartlarini ishlab chiqish belgilangan.

    Shuningdek, 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekistonda energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan mahalliy qozonxonalar, xonadonlarga yakka tartibda o‘rnatiladigan ichki issiqlik ta’minoti tizimlari ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda ularni Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish nazarda tutilgan.

    “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

    24.04.2017, 21:13   Izoh (0)   9470
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yakka tartibdagi tadbirkor plastik kartasi uchun yangi erkinlik, 3700 so‘mlik “dovon”dan o‘tgan dollar, Qamchiq yo‘lidagi yoriq va kunning boshqa muhim xabarlari

    24.04.2017, 20:58

    Farg‘onada shokoladni Cobalt’ning motori ustida olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi

    24.04.2017, 19:16

    Yevroittifoqning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga keladi

    24.04.2017, 18:08

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3700 so‘mdan oshdi

    24.04.2017, 17:39

    G‘ijduvonda qo‘lbola usulda paxta yog‘i ishlab chiqarayotgan shaxs fosh etildi

    24.04.2017, 17:21

    O‘zbekistonda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi

    24.04.2017, 17:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.