• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Obuna “o‘yini”: tahlil va taxmin

    Kundalik matbuot nashrlari – hayotimizning ko‘zgusi. U orqali mamlakatimizning, qolaversa, butun dunyoning yurak urishini sezib turamiz. Eng so‘nggi axborotlar va yangiliklardan voqif bo‘lamiz. Qisqasi, axborot asrida matbuotning o‘rni va roli beqiyos oshmoqda. Bu haqda obuna mavsumida ayniqsa, ko‘p va xo‘p gapiriladi.   Biroq natijasidan doimo ko‘ngil to‘lmay qolayotir.

    Foto: “Jamiyat” gazetasi

    Foto: “Jamiyat” gazetasi

    Masalan, Jizzax viloyatning Zafarobod tumanini olaylik. Tuman hokimligining matbuot nashrlari obunasiga mas’ul etib tayinlangan xodimi Xudoyshukur Ismoilov   taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, 2017-yil uchun markaziy nashrlarga obuna rejasi tumanda atigi 33,3 foiz bajarilgan. Vaholanki, obunani yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan viloyat va tuman hokimlarining maxsus farmoyishlari bor. Bu hujjatlarda qaysi nashrga qancha nusxada obuna bo‘lish zarurligi aniq-tiniq belgilab berilgan. Shunday ekan, uning bajarilmay qolgani nega hech kimni tashvishga solmayapti? Qarorlar, farmoyishlar, rejalar bajarilmasa, qog‘ozlarda qolib ketaversa, hayotimizda o‘zgarish bo‘lishi mahol. Ehtimol shuning uchundir, mazkur tuman iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishda eng oxirgi o‘rinlarda boryapti.

    To‘g‘ri, matbuot nashrlariga obuna bo‘lish ixtiyoriy, fuqarolarning ma’naviy ehtiyojiga asoslangan tadbirlardan biri. Hech kim fuqaroni u yoki bu nashrga obuna bo‘l, deb majburlay olmaydi. Lekin obunani tashkil etish, jamoatchilikni yo‘naltirish, mavjud imkoniyatlarni maqsadli safarbar qilish davlat ahamiyatiga molik ish, desak, xato emas. Chunki matbuot va OAV davlatning boshqa hech bir tuzilma qila olmaydigan ijtimoiy buyurtmasini bajaradi. Islohotlar ko‘lami va qabul qilinayotgan qonun-qoidalarning hayotimizda qanday aks etishini aholiga yetkazadi. Bu esa davlat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lib, mamlakatning taraqqiyoti, tinchligi hamda farovonligiga hizmat qiladi.

    – Tumanimiz maktablari o‘qituvchilarining har biri joriy obuna mavsumida o‘rtacha 450-500 ming so‘mlik gazeta-jurnallarga obuna bo‘ldi, – deydi Do‘stlik tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish bo‘limi mudiri Mavlon Kamolov. – Bundan ortig‘iga xodimlarning imkoniyati yetmaydi.

    To‘g‘risi, mutasaddi rahbarning gapiga unchalik ishonmadik. Chunki, 19 ta maktab, 16 ta bog‘cha va boshqa ta’lim muassasalarida 730 nafar pedagog va tarbiyachi ishlashini, boz ustiga obuna uchun o‘quvchilardan ham 6-7 ming so‘mdan pul yig‘ilganini inobatga olsak, haddan ziyod katta mablag‘ vujudga keladi. Binobarin, 450-500 ming so‘mga bir necha nashrga obuna bo‘lish mumkin. Holbuki, bizga taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, ijtimoiy-siyosiy gazetalarga obuna rejasi 45 foiz bajarilgan. Jumladan, “Jamiyat” gazetasiga rejadagi 21 nusxa o‘rniga 6 nusxa rasmiylashtirilgan, xolos. Boshqa nashrlarning ham ahvoli bundan yaxshi emas. Beixtiyor, shuncha mablag‘ qayoqqa g‘oyib bo‘layapti, degan savol tug‘iladi.

    Mirzacho‘l tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham shunga o‘xshash vaziyatga duch keldik. Bu yerda ham obuna uchun o‘quvchi va o‘qituvchilardan ko‘p miqdorda pul yig‘ib olingan, lekin kelayotgan nashrlarning tayini yo‘q. O‘quvchilar ham o‘qituvchilar ham oxirgi marta qachon gazeta olganini eslay olmadi. Nodira Joniqulova mudirlik qilayotgan kutubxona eshigiga hamisha qulf osilgan. Uni qayerdandir chaqirib kelishganda, xonada 2-3 nomdagi gazetaning ikki hafta ilgari tikilgan yig‘ma jildidan boshqa narsa ko‘rmadik. Demak, xonaga shuncha vaqtdan buyon hech kim qadam bosmagan.

    Xullas, matbuot nashrlariga obunani tashkil etish va nashrlarni obunachilarga yetkazib berish yuzasidan uch tumanda o‘tkazgan kuzatuvlarimiz jarayonida bu borada jiddiy kamchiliklar bor ekaniga guvoh bo‘ldik. Maqolaga shu joyda nuqta qo‘ymoqchi bo‘lgandik, ammo tahririyatga Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasidan mavzuga oid xat keldi. Uning mazmuni bilan tanishgach, hududlarda ijtimoiy-siyosiy gazetalarning obunasi nega pastligi, davriy nashrlarning o‘quvchilarga o‘z vaqtida yetib bormayotgani bilan bog‘liq tahririyatlarga nima uchun ko‘plab shikoyatlar kelib tushayotganini yanada chuqurroq anglagandek bo‘ldik.

    Mana o‘sha maktub:

    “Maktabimizda har yili obuna mavsumida o‘qituvchi va ishchi xodimlar oylik maoshidan 21 foiz miqdorda ushlab qolinadi. Lekin yil davomida na birorta gazeta, na birorta jurnal olamiz. 4-5 nusxa yetib kelganini ham maktab kutubxonasiga yig‘ma jild qilib qo‘yishadi. Aslida esa o‘qituvchilarning oylik maoshidan ushlab qolingan pullarga ko‘plab gazetalarga obuna bo‘lish mumkin. Maktab ma’muriyati ushlab qolingan pullar hisobidan qaysi gazetaga obuna bo‘lganligimiz to‘g‘risida kvitansiyalarni bermaydi. So‘raganimizda rahbariyat “kvitansiyalar bizda turadi, sizlarga uning nima keragi bor” deydi. Bu borada maktab kasaba uyushmasi raisi Saodat Hayitovaga bir necha bor aytsak-da, u “maktab direktori mening gapimni inobatga olmaydi, nima qilay” degan javobni beradi. Maktab direktori To‘xtamurod Abdurashidov esa “sizlarga kvitansiya nima kerak, gazeta kerak bo‘lsa, ana kutubxonaga qo‘yilgan gazetalarni o‘qiyveringlar” deydi. Xullas, obuna bahonasida o‘qituvchilar maoshidan ushlab qolingan millionlab pullar qayerga va qaysi maqsadda ishlatilayotganini tekshirib, aniqlik kiritilishida amaliy yordam berishlaringizni so‘raymiz. Bundan tashqari, maktabda ta’lim olayotgan 700 ga yaqin o‘quvchidan yig‘ib olingan pullar ham qayerga ishlatilayotganini bilmaymiz. O‘quvchilar ham juda kam nusxada gazeta oladi. Bunday nomaqbul holatlarning oldini olishda ommaviy axborot vositalari ko‘magidan umidvormiz.

    Maktab pedagogik jamoasi nomidan Qurbonbibi Sodiqova.”

    Bunga qo‘shimcha yoki izoh berish ortiqcha, nazarimizda.

    Norbobo Shakarov,“Jamiyat” muxbiri

    25.04.2017, 09:18   Izoh (0)   8818
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sarvar Ashurov “Kamolot” Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi

    25.04.2017, 08:36

    Orient Finans banki BankExpo 2017 da innovatsion ishlanmalar bilan qatnashdi

    25.04.2017, 07:57

    Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot qildi

    24.04.2017, 21:19

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturini tasdiqladi

    24.04.2017, 21:13

    Yakka tartibdagi tadbirkor plastik kartasi uchun yangi erkinlik, 3700 so‘mlik “dovon”dan o‘tgan dollar, Qamchiq yo‘lidagi yoriq va kunning boshqa muhim xabarlari

    24.04.2017, 20:58

    Farg‘onada shokoladni Cobalt’ning motori ustida olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi

    24.04.2017, 19:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.