Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on uning hayotiga qasd haqida oshkora so‘z yuritgan fransuz siyosatshunosi Filipp Moro Defarjni sudga berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Anadolu agentligiga ko‘ra, davlat rahbarining advokat Husayn Oydin “Prezident hayotiga qasd qilishga undash” ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘alishini talab qilmoqda.
Bunga Defarjning Fransiya televideniyesida Turkiyadagi referendum yakunlari muhokamasi chog‘ida bildirgan fikrlari sabab bo‘ldi. Agentlikning ta’kidlashicha, siyosatshunos efirda “Ovoz berish yakunlarini qayta ko‘rib chiqishning qonuniy yo‘llari yopilgan bo‘lsa, ikki yo‘l — yo fuqarolar urushi yoki Erdo‘g‘onning o‘ldirilishi qoladi” degan mulohazani bildirgan.
Turkiya qonunlariga binoan, jinoiy ish qo‘zg‘alishi uchun javobgarning mamlakat hududida bo‘lishi shart emas. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)