Afg‘oniston harbiy havo kuchlari so‘nggi 48 soatda IShIDning qariyb 80 nafar jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda Tolo News telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston hukumat kuchlari Gor va Nangarhar viloyatlaridagi jangarilar pozitsiyalariga aviazarba bergan. Tinch aholi vakillari orasida jabrlanganlar borligi haqida ma’lumot kelib tushmagan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, so‘nggi vaqtlarda Afg‘onistonning janubiy va sharqiy viloyatlarida ekstremistlar pozitsiyalarining sezilarli darajada mustahkamlanayotgani kuzatilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)