“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Tojikistonga yengil avtomobillar yetkazib berish uchun shartnomalar imzoladi. Bu haqda respublika Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “1News”.
Kompaniya Tojikistonning “Lesinvest” va “Tojmotors” kompaniyalari bilan yengil avtomobillar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzgani bildirilmoqda. Shuningdek, “Gayur” kompaniyasi bilan o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolandi.
Hujjatlar Dushanbeda o‘z ishini yakunlayotgan O‘zbekiston sanoat mahsulotlari milliy ko‘rgazmasi doirasida imzolandi. Unda “O‘zavtosanoat” kompaniya korxonlari tomonidan ishlab chiqariladigan 200 dan ortiq nomdagi mahsulotlarni taqdim etdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)