Xitoyning shimoli-g‘arbidagi Shansi provinsiyasida yuz bergan ko‘chki yetti qavatli uyni vayron qildi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ko‘chki 17-aprel, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:58 da Ankan shahrining Bayxe uyezdi Maopin qishlog‘ida sodir bo‘ldi va yetti qavatli binoni vayron qildi.
Binoda 11 oila, umumiy hisobda 39 kishi istiqomat qilgan.
18-aprel, seshanba kuni qutqaruvchilar vayronalar ostidan uch kishi — bir ayol va ikki bolaning jasadini topdi. Yana uch kishi bedarak yo‘qolgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)