Reuters agentligi Suriyada yana ikki nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgani haqida ma’lumot olganini xabar qildi, deb yozadi “Kommersant”. Agentlik marhumlarning qarindosh va do‘stlariga tayanib ta’kidlashicha, mart oxirida Aleksey Safonov va Vladimir Plyutinskiyning o‘limi haqida ma’lum bo‘lgan. Ular Suriyada shartnoma bo‘yicha jang qilgan.
Mart o‘rtalarida halok bo‘lgani taxmin etilayotgan 41 yoshli Safonovning qarindoshlari Reuters’ga hodisa tafsilotlarini keltira olmadi. Agentlik suhbatdoshlaridan biri aytishicha, Safonov o‘limidan ikki haftacha o‘tib, Rostov viloyatidagi Pochtoviy qo‘rg‘oniga dafn etilgan.
46 yoshli Vladimir Plyutinskiy, Reuters uning o‘limi haqidagi guvohnomaga tayanib yozishicha, Suriyaning Tias shahrida, Palmira yaqinida 12-fevral kuni o‘ldirilgan. Rossiya mudofaa vazirligi, tashqi ishlar vazirligi va Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi hozircha Reuters ma’lumotlarini izohlagani yo‘q.
Izoh (0)