Peterburg metrosidagi terakt tashkilotchisi sifatida gumon qilinayotgan asli qirg‘izistonlik Abror Azimov 2013-yili Rossiya fuqaroligini olgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“U 2008-yili otasi bilan birga Rossiyaga ketgan, 2013-yili esa Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev nomiga tegishli iltimosnoma yozib, fuqaroligini o‘zgartirgan. Uning otasi — Rossiya fuqarosi, onasi esa — Qirg‘iziston fuqarosi”, — deb yozadi Qirg‘izistonning “24.kg” nashri.
Azimovning qarindoshlari so‘zlariga ko‘ra, terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxs “dindorlik darajasi bilan alohida ajralib turmagan”.
Avvalroq Moskvaning Basmanniy tuman sudi Abror Azimovni 3-iyunga qadar hibsga olish haqida qaror chiqargani haqida xabar berilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)