AQSh davlat departamenti IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning qayerda ekani haqida ma’lumotga ega emas. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biz al-Bag‘dodiy qo‘la olingani haqidagi xabarlar rostligini tasdiqlovchi biror belgini hozircha ko‘rganimiz yo‘q”, — dedi AQSh davlat departamenti vakili.
Avvalroq bir qator nashrlar IShID yetakchisi Suriyada, Iroq chegarasiga yaqin joyda qo‘lga olingani haqida xabar tarqatgan edi. Hozircha mazkur axborot tasdiqlanmadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)