• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etilmoqda

    O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etilmoqda. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 18-apreldagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Farmonning rasmiy sharhida qayd etilishicha, yangi vazirlikning tashkil etilishi “uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida barcha tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi uyg‘unlashgan texnologik zanjirini shakllantirish asosida uy-joy fondidan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, ko‘p xonadonli uylarning saqlanishi talablariga rioya etilishi ustidan texnik nazoratning samarali tizimini yaratish, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ish sifatini oshirish va moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash”ga yo‘naltirilgan.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 4 mingdan ziyod xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati 32,4 mingdan ortiq ko‘p xonadonli uylarga xizmat ko‘rsatmoqda. O‘tgan davr mobaynida aholi nufusi muttasil o‘sib borishiga qaramasdan, aholini uy-joy bilan ta’minlash darajasi kishi boshiga 1991-yildagi 12,4 kvadrat metr o‘rniga o‘rtacha 15,2 kvadrat metrga yetdi.

    Shu bilan birga, uy-joy kommunal sohasining bugungi holatini tahlil qilish asosida zudlik bilan hal etilishi lozim bo‘lgan qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Joylardagi ijro hokimiyati organlari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faoliyatini yetarlicha muvofiqlashtirmayapti. Ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish borasida kompleks yondashuvning yo‘qligi aholiga sifatli va kafolatli kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga to‘siq bo‘lmoqda va uy-joy mulkdorlarining haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

    Ko‘p xonadonli uy-joy fondini tegishli darajada saqlashni nazorat qilish tashkil etilmagan, ko‘p hollarda uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va unda aholining xavfsiz yashashi bo‘yicha belgilangan talablar buzilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Bino va inshootlarni ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarishga oid qoida va muddatlarga rioya etilmayapti, eski uylarni buzish bo‘yicha ishlar olib borilmayapti, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarning holati sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena me’yorlariga to‘liq javob bermaydi.

    Aholi sifatli ichimlik suvi va markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bilan yetarli darajada ta’minlanmayapti.

    Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va uning tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi hamda uning tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etildi.

    Quyidagilar davlat boshqaruv organi sifatida mazkur vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

    • uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosati yuritish va idoralararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
    • ko‘p xonadonli arzon uy-joylar qurish davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishini ta’minlash, bunday uy-joylarni, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti obyektlarini barpo etish bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajarish, eski va avariya holatidagi uylarni buzishni tashkil etish;
    • uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ekspluatatsiya xarajatlarini belgilash talablariga, ko‘p xonadonli uylardan texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishini nazorat qilish, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq holatda saqlash;
    • aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog‘liq holda, suv ta’minoti hamda kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli amalga oshirilishini tashkil etish, soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni ta’minlash;
    • uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiya hamda uskunalarni joriy etish, jumladan, uy-joy kommunal xo‘jalik obyektlarini zamonaviy hisobga olish-o‘lchash priborlari bilan ta’minlash, qurilish-montaj ishlari tannarxini kamaytirish imkonini beradigan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy, sifatli qurilish materiallari va buyumlaridan keng foydalanish;
    • uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga oid me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi hisobga olingan holda, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
    • Moliya vazirligi bilan kelishgan holda suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga doir kompleks tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan tarif siyosatini shakllantirish;
    • uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish, ularni, jumladan, xorijda o‘quv stajirovkalarini o‘tkazish orqali qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini joriy etish.
    Shuningdek, Vazirlik tarkibida Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uning hududiy inspeksiyalari tashkil etildi.

    Quyidagilarni nazorat qilish Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

    • ko‘p xonadonli uy-joy fondi va unga tutash hududlar tozaligini tegishli ravishda saqlash hamda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi, ko‘chmas mulk egalarining binolarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishiga yo‘l qo‘ymaslik;
    • umumiy foydalaniladigan joylar, fasadlar, uylar ichidagi muhandislik-kommunikatsiyalarni ta’mirlash-tiklash ishlarini tizimli amalga oshirish qoidalariga rioya etish;
    • uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining tegishli kommunal xizmatlar ko‘rsatishda texnik tartibga solish sohasiga oid me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etishi;
    • ko‘chmas mulk egalarining ko‘p xonadonli uylarni kapital ta’mirlash uchun to‘planadigan mablag‘idan maqsadli foydalanish.
    Farmonda vazirlik tarkibida Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘larini, birinchi navbatda, ko‘p xonadonli arzon uy-joy fondi, suv ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish, kapital hamda joriy ta’mirlash, maxsus texnika va uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan ta’minlash hamda boshqa maqsadlarga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

    Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish uchun jalb etiladigan kreditlar, jumladan, xalqaro moliya institutlari va banklarning imtiyozli kreditlari, Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushgan mablag‘lar, ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda belgilaydigan maxsus ustamalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamg‘arma manbalari hisoblanadi.

    Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga, xizmat ko‘rsatuvchi banklarda suv ta’minoti tashkilotlariga ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama mablag‘larini to‘plash uchun maxsus hisobraqam ochishni va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga mablag‘lar yo‘naltirishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

    Shu bilan birga, Farmonda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar hokimliklari uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi huzurida “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari va ularning shahar va tuman filiallarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Tashkil etiladigan ushbu unitar korxonalar zimmasiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki turar joy va noturarjoy inshootlari mulkdorlari bilan shartnoma asosida ko‘p xonadonli uy-joy fondi va unga tutash hududlardan foydalanish hamda ularni saqlash bo‘yicha tizimli ishlarni samarali tashkil qilish, ko‘p xonadonli uy-joy fondini mavsumiy foydalanishga o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, ko‘p xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy ta’mirlash hamda unga tutash hududlarni obodonlashtirish vazifalari yuklatilgan.

    “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

    19.04.2017, 23:01   Izoh (0)   13910
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoro hokimligiga uch oyda 1755 ta murojaat kelib tushdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 292 foizga ko‘p

    19.04.2017, 22:07

    Qoraqalpog‘iston madaniyat va sport ishlari vaziri Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri direktori bilan “o‘rin almashdi”

    19.04.2017, 21:36

    Shofirkonda banklar aholiga 200 tup limon ko‘chati yetkazib berdi. Reja bo‘yicha 8460 tup ko‘chat yetkazilishi kerak edi

    19.04.2017, 21:18

    O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari tayinlandi

    19.04.2017, 20:55

    Buxoro viloyat madaniyat va mudofaa boshqarmalari rahbarlari o‘zgardi

    19.04.2017, 20:32

    Toshkent tumanlarining yangi hokimlari, buzilishi boshlangan garajlar, Samarqandda yonib ketgan “benzin tashuvchi” va kunning boshqa muhim xabarlari

    19.04.2017, 19:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.