Buxoro viloyati hokimligida 17-aprel kuni viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ishtirokida hokimlik soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilish avvalida ishtirokchilar viloyat kadrlar tarkibidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirilgan.
Xabar berishlaricha, Yo‘ldosh Genjayev viloyat hokimligi madaniyat boshqarmasi boshlig‘i, Nazirjon Niyozmatov esa viloyat mudofaa boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)