The Business nashri Credit Suisse kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan Global Wealth Databook tadqiqotlari doirasida eng ko‘p millionerlar yashaydigan mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ekspertlar tomonidan ma’lum qilinishicha, ro‘yxatda AQSh yetakchilik qilmoqda. Mamlakatdagi millionerlar soni 13,6 milliontani tashkil qilmoqda. Aynan ana shu miqdordagi kishilarning boyligi bir million dollardan oshadi.
Ikkinchi o‘rinni Yaponiya 2,8 millionta millioner bilan egalladi. Buyuk Britaniya uchinchi o‘rindan joy oldi. Mamlakatdagi millionerlar 2,22 milliontani tashkil qiladi. Shuningdek, birinchi o‘ntalikka Germaniya (1,63 millionta), Fransiya (1,61 millionta), Xitoy (1,59 millionta), Italiya (1,13 millionta), Kanada (1,117 millionta), Avstraliya (1,06 millionta) va Shveysariya (716 mingta) kirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)