Suriyaning Aleppo shahridagi Salohiddin dahasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 32 nafar odam jarohat oldi. Bu haqda Suriya arab radio va televideniye tashkilotiga (ORTAS) tayanib, “RBK” xabar berdi.
Voqea tafsilotlari keltirilmagan.
Daha 2016-yil dekabriga qadar prezident Bashar Asad kuchlariga qarshi guruhlar nazorati ostida edi, keyinroq ularni hukumat qo‘shinlari quvib chiqardi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)