Facebook ijtimoiy tarmog‘i Fransiyadagi prezidentlik saylovi oldidan yolg‘on yangiliklar tarqatgan 30 ming soxta akkauntni o‘chirib tashladi. Bu haqda Huffington Post nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoq soxta akkauntlarni avtomatlashtirilgan mexanizm yordamida ularning yuzlab soxta saytlarda qaytalanishi orqali aniqlaydi.
“Bu so‘nggi takomillashtirish orqali barcha soxta akkauntlarni o‘chirib bo‘lmasa-da, biz o‘z natijalarimizni doimiy yaxshilab borishga harakat qilmoqdamiz”, — deydi Facebook texnik menejeri Shabnem Shayk.
Kompaniya ishonchli bo‘lmagan saytlarni aniqlovchi reklama e’lonlari ustida ish olib bormoqda.
Avvalroq, xakerlar Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Facebook’dagi sahifasini buzishga muvaffaq bo‘lgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)