O‘rtayer dengizida 8,3 ming migrantlar qutqarib qolindi. Ularning barchasi bu kabi uzoq sayohatga mo‘ljallanmagan kontrabandachilar qayig‘ida suzgan. Bu haqda Al Jazeera telekanaliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, qutqaruvchilar 14-aprel payshanba kunidan 16-aprel yakshanba kuniga qadar, uch kun davomida tinimsiz ishlagan.
Qutqaruv ishlarida xususiy gumanitar tashkilotlar ishtirok etgan, Italiya sohil xavfsizlik xizmati esa ularning harakatini yo‘naltirib turgan.
Italiya sohil xavfsizlik xizmati cho‘kib ketgan yetti nafar odamning jasadini topdi, ular ichida bir nafar yosh bola ham bor.
Avvalroq, Liviya qirg‘oqlari yaqinida Jugend Rettet nodavlat tashkilotiga tegishli nemis qutqaruv kemasi falokatga uchragani haqida xabar berilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)