Lissabondan 25 kilometr masofada kichik bir samolyotning qulashi oqibatida uch fransiyalik, bir portugaliyalik va yana bir shveysariyalik — beshi kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Halok bo‘lganlarning to‘rt nafari samolyot ichida bo‘lgani, beshinchisi esa samolyot qulagan supermarket binosi ichida bo‘lgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Portugaliyaning Kashkayshe aerodromidan Fransiyaning Marsel shahriga uchib ketayotgan bo‘lgan.
Hodisa sabablari hozircha noma’lum. Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu de Souza mazkur aviahalokatdan boxabar qilingan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)