NATOning Summer Shield harbiy o‘quv mashg‘ulotlari Latviyada 17-aprel kuni boshlanadi, ularda 1,2 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, shu jumladan, Estoniyadan 200 harbiy ishtirok etadi. Bu haqda Estoniya mudofaa kuchlari bosh shtabiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Summer Shield xalqaro harbiy mashg‘ulotlari 17—30-aprel kunlari Latviyaning Adaji poligonida va unga tutash hududlarda Latviya, Litva, Estoniya, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Lyuksemburg, Bolgariya, Ruminiya, Slovakiya, Germaniya va Shvetsiyaning 1,2 mingdan ortiq harbiy xizmatchilari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Mashg‘ulotlarda artilleriya ko‘magi, havo mudofaasi va razvedka, ommaviy qirg‘in quroliga qarshi turish, tank hujumiga qarshi mudofaa va harbiy muhandislar operatsiyalari mashq qilinadi.
Izoh (0)