Berlindagi Rossiya elchixonasi yaqinida teraktning oldi olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bild am Sonntag nashriga ko‘ra, gumonlanuvchi — Marokash fuqarosi rejalashtirilayotgan hujumni ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarda muhokama qilgan.
U 15-aprel, shanba kuni elchixona oldida bo‘lib o‘tadigan namoyish qatnashchilariga qo‘shilib olish va hujum uyushtirishni mo‘ljallagan. Biroq bundan xabar topgan nemis maxsus xizmatlari mamlakat jinoiy politsiyasi, Saksoniya va Berlindagi politsiya bo‘limlari hamda TIVni ogohlantirgan.
Maxsus bo‘linma shanbaga o‘tar kechasi, namoyishdan bir necha soat avval gumonlanuvchini Leypsig yaqinidagi Borsdorf manzilida joylashgan qochoqlar lagerida qo‘lga oldi. Hozirda uning uyali telefoni tekshirilmoqda va jinoiy rejalari dalillari qidirilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)