AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens AQShning Janubiy Koreyadagi harbiy bazasiga yetib keldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Pens bazaga Shimoliy Koreya o‘tkazgan muvaffaqiyatsiz raketa sinovidan bir kun o‘tib, vertolyotda yetib keldi.
Ta’kidlanishicha, baza KXDR bilan chegarada “kuchli istehkomli” harbiylashtirilgan zona yaqinida joylashgan.
Avvalroq Pens AQSh Janubiy Koreyani himoya qilishga tayyorligini tasdiqlagan edi.
Izoh (0)