Kolumbiyadagi tungi klubda portlash yuz berishi natijasida kamida 30 kishi jabrlandi, deb yozadi “Gazeta.ru” Colombia Reports gazetasiga tayanib. U yerda granata portlagani taxmin etilmoqda.
Hodisa mamlakat janubi-g‘arbidagi Valye-del-Kauka provinsiyasining San-Pedro aholi punktida sodir bo‘lgan, u Kolumbiyada shakar yetishtirish bo‘yicha asosiy hududlardan biri hisoblanadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan.
Jabrlanganlar orasida fermerlar va shakarqamish o‘rish bilan shug‘ullanuvchi ishchilar bor.
Izoh (0)