Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill 2017-yilning may-iyunida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda “Interfaks” agentligi Rossiya tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi, deb yozadi UzDaily.
Davlat dumasining MDH masalalari bo‘yicha qo‘mitasi majlisida vazirlikning MDH departamenti direktori o‘rinbosari Yevgeniy Teryoxin ayni paytda patriarxning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ishlari olib borilayotganini aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, Patriarx Kirillning tashrifi shu yilning 21—25-apreliga rejalashtirilgan. Ammo u tashrif muayyan vaziyatlardan kelib chiqib, shu yilning may-iyuniga ko‘chirilishi mumkinligini qo‘shib qo‘ydi.
Teryoxin ta’kidlashicha, hozircha tashrif sanalari kelishilmagan.
Izoh (0)