• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy Majlis deputatlari: Toshkentdagi respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari asosan poytaxt aholisiga xizmat ko‘rsatmoqda

    13-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbarlarining axboroti eshitildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya hamda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni eshitishdan avval deputatlar ushbu tibbiyot muassasalarining xizmat ko‘rsatish faoliyati va imkoniyatlarini, mavjud muammolar hamda aholining talab va ehtiyojlarini o‘rganib chiqdi.

    Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan har yili 10 ming nafardan ziyod xotin- qizlarga, shu jumladan, homilador ayollarga statsionar yordam ko‘rsatilmoqda. Xar yili 63 ming nafardan ziyod ayol ambulatoriya sharoitida malakali maslahat olmoqda. Mazkur markaz mutaxassislari tomonidan joriy yilda 37 marta joylarga chiqishlar tashkil etildi, ular doirasida 8142 nafar bemor malakali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

    Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ham har yili 8 mingdan ziyod bemor statsionar sharoitda davolanmoqda, 38 ming nafardan ortiq bemorga ambulatoriya sharoitida malakali maslahat berilgan. Ushbu markazda ham joylardagi faoliyatga e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, joriy yilda amalga oshirilgan 61 ta chiqishlar davomida 3116 nafar bemorda profilaktik ko‘riklar tashkil etildi.

    “Shu bilan birga, mazkur markazlar tomonidan tizimning holati, muammolari va uni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan qator yig‘ilishlarda davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarish yetarli darajada amalga oshirilmayapti”, — deyiladi O‘zA axborotida.

    Muhokama davomida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishga asosiy e’tibor qaratildi. Xususan, markazlar hamda birlamchi tibbiyotning barcha bo‘g‘inlarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning keng qamrovli tizimi to‘liq tashkil etilmaganligi ta’kidlandi. Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanuvchilarning 70 foizi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanuvchilarning 53 foizi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi fuqarolarga to‘g‘ri keladi.

    Shuningdek, joylarda va markazlarning filiallarida zamonaviy kadrlarga bo‘lgan talab dolzarbligicha qolmoqda. Xodimlar malakasini doimiy ravishda oshirib borish maqsadida respublika hududlarida mahorat darslarini muntazam o‘tkazish va telemeditsina tarmog‘i imkoniyatlaridan keng foydalanilmayapti. Oddiy kasallik tarixidan tortib murakkab operatsiyagacha bo‘lgan jarayon oralig‘ida bemorga tashxis qo‘yish va erta davolash ishlari uzoq muddatga cho‘zilib, ba’zida esa ortiqcha ovoragarchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Jarrohlik amaliyoti uchun zarur qo‘shimcha tibbiy ehtiyot qismlari xorijdan olib kelinayotganligi xarajatlarning oshishiga va bu esa odamlarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

    O‘rganishlar natijasida aniqlandiki, mamlakatimiz hududlarida akusherlik, ginekologiya va endokrinologiya sohasidagi kasalliklarni profilaktika qilish, ularga tashxis qo‘yish hamda davolashda markazlarning rahbarlari va yetakchi mutaxassislari tomonidan yetarlicha amaliy yordam ko‘rsatilmayapti. Chunonchi, joriy yilda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan 89 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bo‘lib, bu ko‘rikdan o‘tkazilgan bemorlar umumiy sonining 1 foizini tashkil etadi. Umuman, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini muntazam nazorat qilib borish, aholi orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz lozim.

    Nuriya Aytjanova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

    Amaliy muloqot tarzida o‘tgan majlisda ikkala markaz rahbarlari o‘z faoliyatlari yuzasidan taqdimot qildi, aholining manfaatlarini inobatga olgan holda deputatlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob qaytardi.

    Majlis yakunida deputatlar ushbu markazlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirdilar. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori qabul qilindi va uning ijrosi nazoratini muntazam olib borish hamda tahlilini yuritish kabi vazifalar belgilab olindi.

    “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

    13.04.2017, 23:02   Izoh (0)   5124
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda kartoshkaning narxi nega oshib ketdi?

    13.04.2017, 22:35

    Sharof Rashidov tumanida yong‘in oqibatida ikki bolakay halok bo‘ldi

    13.04.2017, 22:24

    Forbes ro‘yxatidan o‘rin olgan o‘zbekistonlik tadbirkor, qurigan Orol dengizidagi “Germaniya” va “Yaponiya”, Toshkentga kelayotgan Ero va kunning boshqa muhim xaba...

    13.04.2017, 21:40

    Yashnobodda uch fohisha va ularning xizmatidan foydalanayotgan yetti hindistonlik qo‘lga olindi

    13.04.2017, 21:16

    Toshkent chorrahalaridagi kameralar bir haftada 8,5 mingdan ziyod qoidabuzarlik aniqladi

    13.04.2017, 20:14

    Toshkentda 2017-yilning uch oyida sodir etilgan jinoyatlarning 90 foizga yaqini fosh etildi

    13.04.2017, 19:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.